Mitsubishi Rossiyadagi avtomobil zavodining faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi
Yaponiyaning Mitsubishi avtokonserni logistika qiyinchiliklari tufayli Kalugadagi avtomobil ishlab chiqarish zavodini vaqtinchalik to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mazkur kompaniya matbuot xizmatiga tayanib. Mitsubishi kompaniyasi Rossiyada Outlander va Pajero Sport modellarini ishlab chiqaradi.
2021 yil yakunlari bilan Mitsubishi savdosi Rossiyada 1,6 foizga tushib, 27,7 ming donani tashkil etgan. Natijada Mitsubishi kompaniyasining Rossiya avtobozoridagi ulushi ham biroz tushgani, ya’ni 1,8 foizdan 1,7 foizga pastlagani aytilmoqda.