Miting qatnashchilarini o‘qqa tutib “ov qilish” rejasi amalga oshmadi
Bir guruh provokatorlar AQShda bo‘lib o‘tgan qurol bilan bog‘liq miting qatnashchilarini “ov qilgandek” o‘qqa tutishni reja qilgan.
Bir guruh provokatorlar AQShda bo‘lib o‘tgan qurol bilan bog‘liq miting qatnashchilarini “ov qilgandek” o‘qqa tutishni reja qilgan.
Oq tanli irqning ustunligi g‘oyasi tarafdorlari bo‘lgan provokatorlar AQShda quroldan foydalanish huquqi namoyishidan oldin hibsga olindi.
Ular ushbu mitingda qirg‘in uyushtirishni va “fuqarolik urushi“ni boshlashni rejalashtirishgan. Bu haqda Associated Press internet nashri davlat ayblovchilarining sudda e’lon qilgan ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.
FQB tomonidan tinglab borilgan telefon so‘zlashuvlari orqali provokatorlarning shaxsi aniqlangan: Ular sobiq Kanada armiyasining zaxiradagi serjanti 27 yoshli Patrik Metyus, Merilend shtatining 33 yoshli fuqarosi Brayan Lemli va 19 yoshli Uilyam Bilbrou edi.
Razvedka xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi irqiy urush va hozirgi tinchlik tartibini buzish tarafdori bo‘lgan “Baza” radikal guruhining a’zolari bo‘lgan. Ushbu guruhga aloqador yana to‘rt kishi Jorjiya va Viskonsin shtatlarida hibsga olingan.
Richmondda (Virjiniya shtati) bo‘lajak mitingni muhokama qilishda Lemley odamlarni pistirma hujumidan ovga o‘xshatib o‘qqa tutish uchun termal tasvir o‘lchovli miltiqdan foydalanishni buyurgan. Shuningdek, patrul xizmatchisini kuzatib, qulay paytda uni o‘ldirishni va unga tegishli qurollarni egallashni rejalashtirgan.
Yanvar oyi boshida Metyu va Lemli o‘z rejalarini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish bilan birga, bir necha oy davomida “urush“ davrida o‘zlarini ta’minlab turish uchun oziq-ovqat va boshqa narsalarni yig‘a boshlashgan.
Guruhning eng yosh a’zosining telefon so‘zlashuvlari sudda tinglab ko‘rilganda, unda ukrain millatchilarining qanday yo‘l tutishgani, “Maydan” voqealarini ko‘p muhokama qilgani ayon bo‘lgan.
Kanadalik Metyus esa avgust oyidan beri AQShda yashab kelgan. U Minnesota yaqinidagi chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun Kanada ma’murlari tomonidan qidiruvga berilgan. Harbiylar razvedkasi bir necha oy davomida Metyusni ehtimoliy ekstremistik faoliyati uchun nazorat qilib kelayotgan edi.
Metyu va Lemli 16 yanvar kuni hibsga olingan. FQB Agentlari paydo bo‘lganda ular uyali telefonlarini sindirib, hojatxonaga tashlashga ulgurishgan.
Hozirda Lemli va Metyu og‘ir jinoyat sodir etish uchun o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni saqlashda ayblanmoqda. Bilbro esa chegarani buzgan shaxsni tashish va yashirishda ayblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni Richmondda quroldan foydalanish huquqi uchun miting bo‘lib o‘tdi.
Rasmiylar tartibsizliklardan qo‘rqishdi va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari va favqulodda holat joriy etildi. Miting to‘qnashuvlar va hibslarsiz tinchlik bilan o‘tgan. Miting ishtirokchilari demokratlarning qurol savdosiga qarshi kurash choralarini kuchaytirishiga qarshi norozilik bildirdi va AQSh Prezidenti Donald Trampning quroldan foydalanish borasidagi yondashuvini qo‘llab-quvvatladi.