Missiya rahbari viloyat hokimi bilan uchrashdi
Samarqand viloyati hokimligida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish bo‘yicha missiyasi rahbari elchi Ursula Yuzefa Gachek hamda missiyaning viloyatimizda ish olib borayotgan uzoq muddatli kuzatuvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ko‘rilayotgan tayyorgarlik, saylov qonunchiligiga ko‘ra bu borada mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
G‘.HASANOV, O‘zA