Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Missisipi shtatida favqulodda vaziyat e’lon qilindi
14:33 / 2023-03-27

AQSH Prezidenti Jo Bayden kuchli dovuldan keyin Missisipi shtatida favqulodda vaziyat e’lon qildi, deyiladi Oq uy bergan bayonotda.

“Yakshanba kuni Prezident Jo Bayden Missisipi shtatida favqulodda vaziyat e’lon qilib, shtatga federal yordam ajratishga ko‘rsatma berdi”, – deyiladi xabarda.  

Oq uy qaroriga ko‘ra, jabr ko‘rgan aholiga vaqtinchalik yashab turish, uylarini qayta tiklash, sug‘urtalanmagan yo‘qotishlarni qoplash va boshqa yordamlar uchun federal moliyalashtirish yo‘li bilan grant ko‘rinishida yordam ko‘rsatiladi.  

AQSH ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofat tufayli shtatda 23 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab turar-joylar vayron bo‘lgan.