French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misrlik mutaxassislar bilan qand lavlagi yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkaziladi
12:40 / 2023-02-22

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi delegatsiya Misr qishloq xo‘jaligi tadqiqotlar markazi va Misr paxtachilik institutida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS) hamda Misr qishloq xo‘jaligi tadqiqotlar markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Hamkorlik doirasida uzumning urug‘siz navlari seleksiyasi, chorvachilik, baliqchilik sohalarini rivojlantirish, qand lavlagi yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshiriladi.  

Shuningdek, uchrashuv davomida misrlik olimlar bilan hamkorlikda ingichka tolali g‘o‘zaning kasallik va zararkunandalar, sho‘rlanish va suv tanqisligi hamda anomal issiq haroratga chidamli ertapishar, serhosil yangi navlarini yaratish bo‘yicha seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish, o‘simliklar himoyasi, agronomiya, seleksiya va urug‘chilik, biotexnologiya, qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi yo‘nalishlarida qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, qo‘shma fakultetlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.  

Shu bilan birga, Toshkent davlat agrar universiteti va Misrning Ayn-Shams universitetlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatildi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA