Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misrlik bloger O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib etish niyatida
15:19 / 2023-02-21

Misrlik xonanda va bloger Mustafo Abu Ravash hamda uning ijodiy hamkori Rasha Radva Samarqandning diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab sayohat qildi.

– Sayohatimdan asosiy maqsad O‘zbekiston madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishish, qolaversa, turistlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rish va buni nafaqat Misr, balki boshqa arab davlatlari aholisi o‘rtasida keng targ‘ib etishga qaratilgan, – deydi Mustafo Abu Ravash. – Samarqand menga juda yoqdi va bu shaharga yana albatta kelaman. Meni ishlarim hali tugamadi, bu boshlanishi.  

Ma’lumot uchun, Mustafo Abu Ravash faqatgina Misrda emas, balki butun dunyoda katta auditoriyaga ega xonanda, bloger. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini 6 millionga yaqin obunachi kuzatib boradi.  

G‘.HASANOV, O‘zA