French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misrdan O‘zbekistonga gepatit S ga qarshi dori vositalarining o‘n ikkinchi partiyasi olib kelindi
13:58 / 2023-08-07

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan gepatit S ga qarshi “Sofosbuvir-400 mg” dori vositasining o‘n ikkinchi partiyasini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi. 30 dona qutiga yuklangan 7,2 ming dona mazkur preparat O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanadi.

Mutaxassislar fikricha, mazkur beg‘araz yordam davlatimiz byudjetidan 35 milliard so‘mni tejash hamda bu mablag‘lar hisobidan gepatitni aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvlari qamrovini yanada oshirish imkonini beradi.  

Eslatib o‘tamiz, ushbu insonparvarlik yordami Prezidentimizning shu yil 20-21 fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirildi.  

Qayd etish joizki, Misr gepatit V va S viruslariga qarshi kurashish borasida dunyo bo‘yicha katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Ayni paytda mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig‘ bo‘lgani e’tirof etiladi.  

 

O‘zA