Misrda sher hayvonot bog‘i xodimiga hamla qildi
Misrning Al-Fayum shahrida sher hayvonot bog‘i ishchisini g‘ajib tashladi, deya xabar tarqatgan mahalliy “Youm7” gazetasi.
– Sher xodimning boshidan tishlagan, natijada jabrlanuvchi vafot etdi, – deyilgan axborotda.
Ta’kidlanishicha, 47 yoshli hayvonot bog‘i qorovuli muvozanatini yo‘qotib, sher qafasiga tushib ketgan. Yirtqich shu zahotiyoq unga tashlangan va boshiga og‘ir shikast yetkazgan.
Nashr yozishicha, sher otib tashlangan. Fojiali voqeadan keyin hayvonot bog‘i vaqtincha yopilgan.