Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misrda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlangani e’lon qilindi
17:31 / 2021-08-23

Misrda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi, deb bayonot berdi prezident maslahatchisi Muhammad Tag ed-Din.

"Kasallar soni har kuni ko‘paymoqda, to‘lqinning eng yuqori cho‘qqisi ko‘ringandan keyin raqamlar pasaya boshlaydi", - dedi Tag ed-Din Shams telekanalida chiqish qilib.

Uning aytishicha, yangi bemorlarning ko‘pchilligida kasallik yengil va o‘rtacha kechmoqda, lekin kasalxonaga yotqizish zarur bo‘lgan bemorlar soni ko‘paymoqda. Maslahatchining ta’kidlashicha, hukumat fuqarolarga ommaviy yig‘inlarga qatnashmaslikni, jumladan, diniy bayramlar, konsertlarga bormaslikni maslahat bermoqda.

"Kasallik hech qayoqqa g‘oyib bo‘lgani yo‘q", - ta’kidladi u.

Misr sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, kecha mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq  184 ta  holat aniqlangan, 8 bemor vafot etgan. Pandemiya boshlangandan buyon mamlakatda 286 ta bemor qayd etilgan, jami 16 ming kishi hayotdan ko‘z yumgani aytilmoqda.