Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misrda arxeologlar bir yo‘la 30 ta mo‘miyolangan jasadlarni topishdi
11:18 / 2022-01-31

Arxeologlar Misrning Asuan shahrida yoqib yuborilgan bino ichida qadimgi oilaviy maqbarani aniqlashdi, deb xabar bermoqda Live Science jurnali.

Mutaxassislar ichkarida turli yoshda bo‘lgan 30 ta mo‘miyolangan jasad topishdi. Ularning orasida keksa yoshdagilar, bolalar, hatto endi tug‘ilgan go‘dak ham bor ekan.

Olimlar maqbaraning yoshini hali aniqlay olmagan bo‘lsada, ularning gumonicha, bir oila vafot etgan yaqinlarini asr davomida dafn qilib kelgan.

Milan universiteti professori, misrshunos va qazishma ishlari rahbari Patritsiya Pyachentining ta’kidlashicha, maqbara eramizdan avvalgi I asrgacha bo‘lgan Ptolemeyev va Rim davriga tegishli bo‘lishi mumkin.

Ko‘plab qabrlar yer ostida yoki qoyali tepaliklarda qazilgan bo‘lsa, ushbu maqbara bino ichidan topilgani bilan ahamiyatlidir. Shu bois u qurbonlik qilish uchun foydalanilgan, degan farazlar ham ilgari surilmoqda.

"Vodiyda joylashgani bois, ushbu bino qurbonlik qilishda foydalaniladigan muqaddas joy hisoblanib, Asuanda juda qadrlangan hosil xudosi Xnumga qurbonlik keltiriladigan joy bo‘lishi mumkin", - deya izoh beradi Pyachentini.

Olimlar guruhi bino devorlarida olov izlarini aniqladilar. Uni marosim o‘tkazuvchilar yoki talonchilar qoldirgan bo‘lishi mumkin. Lekin ichkarida topilgan hayvon suyaklari, o‘simlik va mevalarning qoldiqlari, idish parchalari, taqinchoqlar va boshqa buyumlarning topilishi bu yerda marosimlar o‘tkazilganiga ishora qiladi, deyiladi xabarda.