Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misrda 40 ta mumiyoli qadimiy nekropol topildi
11:22 / 2019-02-03

Misr arxeologlari qadimiy qabristonni Misrning Al-Minya provinsiyasidagi Tuna al-Gabal hududidan topishdi


Misr arxeologlari qadimiy qabristonni Misrning Al-Minya provinsiyasidagi Tuna al-Gabal hududidan topishdi. Bu haqida RIA Novosti Misrning qadimiy ishlar boʻyicha milliy vazirligiga asoslanib xabar bermoqda.

Al-Minya universiteti va qadimiy ishlar vazirligining arxeologik missiyasi Tuna al-Gabal majmuasidagi qazilma ishlari davomida qabristonga duch kelgan. Unda uchta tosh sakrofagli maqbara va qirqta yaxshi saqlanib qolgan mumiyolangan jasad, shu jumladan, oʻnta bola mumiyosi aniqlandi.

Bundan tashqari, kulolchilik ashyolari va bir qancha qabr yopinchiqlari topilgan. Vazirlikdan maʼlum qilishlaricha, ushbu topilma Misrning yunon-rum davridagi (miloddan avvalgi 4 asr oʻrtalaridan milodiy 4 asrning oxirigacha) tarixiga oiddir.