Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misrda 10 ming yillik tarixga ega qoyatosh rasmlari topildi
11:53 / 2026-02-16

Misrlik arxeologlar Sinay yarim orolida taxminan 10 ming yillik tarixga ega bo‘lgan qoyatosh rasmlarini topdi, deya xabar bermoqda “Arab News” nashri. 

Misr Turizm va qadimiy ashyolar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, topilma Janubiy Sinay mintaqasidagi Jabal Umm Arak tog‘idan topilgan. 

Vazirlik vakili ta’kidlashicha, mazkur topilma tarixiy va badiiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Strukturaning uzunligi100 metrdan oshadi. Shiftlar turli davrlardagi hayvonlar, ramziy figuralar, kundalik hayot manzaralari tasvirlangan qizil va kulrang rasmlar bilan qoplangan. Ba’zi rasmlar miloddan avvalgi 10 000-5500-yillarga to‘g‘ri keladi.            

Tasvirlarda ovchilar, itlar, tuyalar va otlarga mingan chavandozlar hamda arabcha yozuvlar aks etgan. Turizm va qadimiy ashyolar vaziri Sherif Fathiyning aytishicha, topilma Sinay yarim orolining boy madaniy merosini tasdiqlaydi va bu yerda ming yillar davomida turli sivilizatsiyalar mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi.                                                                                                                         

Arxeologik izlanishlar davomida hayvonlar qoldiqlari, qadimgi Misr, Rim va o‘rta asrlarga oid tosh qurollari hamda sopol parchalari ham topilgan.

G.Sattorova, O‘zA