Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr Yerevan va Baku o‘rtasida vositachi bo‘lishga tayyorligini ma’lum qildi
10:52 / 2023-01-30

Misr Armaniston va Ozarbayjon munosabatlarini yaxshilash uchun o‘rtada vositachi bo‘lishga tayyor. Armaniston davlat rahbari matbuot xizmatining xabar tarqatishicha, bu haqda yakshanba kuni Misr Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi Armaniston prezidenti Vaagn Xachaturyan bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

"Biz Armaniston bilan Ozarbayjon mojarasi masalasida betarafmiz, shu nuqtai nazardan, agar bizning vositachiligimiz qabul qilinsa, biz bunga tayyormiz", – degan as-Sisi Xachaturyanga.  

Armaniston Prezidentining ta’kidlashicha, Misr vositachilik missiyasi bo‘yicha katta tajribaga ega va tinchlik mafkurasini hayotga joriy qiluvchi mamlakat. "Shu bois biz bir-birimizga juda o‘xshashmiz, zero Armaniston Respublikasi olib borayotgan siyosat ham  mintaqada tinchlikni qaror toptirishdan iborat. Qo‘shnilarimizga tinchlik va farovon hayotni tilaymiz. Ishonchim komilki, bizga Misr tajribasi zarur bo‘ladi", – deya ta’kidlagan u.