Misr va Qatar muloqot bo‘yicha hamkor maqomini olish to‘g‘risidagi memorandumlarni imzoladi
SHHTning Samarqand sammiti arafasida Misr bilan Qatar davlati SHHT bilan muloqot bo‘yicha hamkor maqomini olish to‘g‘risidagi memorandumni imzolagani haqida xabar tarqatildi.
Shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi vakilining RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Samarqand sammitida Eronning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lib kirishiga yo‘l ochuvchi memorandum ham imzolangan.
Memorandumni Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullaxiyon hamda SHHT bosh kotibi Chjan Min imzolashgan.