Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr Prezidenti Turkiyaga tashrif buyuradi
09:49 / 2023-07-06

Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi 27 iyul kuni Turkiyaga rasmiy tashrif bilan borishni rejalamoqda.

Bu haqda Britaniyaning “Independent” gazetasining turk tilidagi nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. Aytilishicha, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvda Misr rahbari ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi.

Mazkur tashrif 4 iyul kuni Anqara va Qohira e’lon qilgan diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklash jarayonida bo‘lib o‘tadi.

Anqara va Qohira o‘rtasidagi munosabat 2013 yil Misr Prezidenti Muhammad Mursiy hokimiyatdan ag‘darilgandan keyin yomonlashgan edi.