Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr Prezidenti saylovda ishtirok etishini aytdi
12:29 / 2023-10-03

Misr Prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi mamlakat telekanali orqali chiqish qilib, yaqinda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi.

Avvalroq mamlakat Milliy saylov komissiyasi rahbari Volid Hamza Misrda prezident saylovi 10-12 dekabr kunlari o‘tishini bildirgan edi. Uning ta’kidlashicha, saylovning birinchi davrasi natijasi 18 dekabrda rasman e’lon qilinadi. Zarurat bo‘lsa, ovoz berishning ikkinchi davrasi 2024 yil yanvar oyida o‘tkaziladi.

Abdul Fattoh as-Sisi 2014 yil saylovda g‘alaba qozonib, davlat rahbari lavozimini egallagan edi. To‘rt yildan keyin u ikkinchi muddatga saylandi. 2019 yil aprelda mamlakatda bo‘lib o‘tgan referendum natijasi as-Sisining yangi muddatga nomzodini qo‘yishi, prezident vakolati to‘rt yildan olti yilgacha uzaytirilishi imkonini berdi.

Misr qonunchiligiga ko‘ra, saylov kampaniyasi prezidentlik vakolati tugashiga kamida 120 kun qolganda boshlanishi kerak. Abdul Fattoh as-Sisining ikkinchi muddati rasman 2024 yil 2 aprelda tugaydi.