French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr matbuoti O‘zbekiston haqida
20:06 / 2025-11-17

Misr Arab Respubikasining “5-seyasa” nashri O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori, ICESCO tashkiloti ijroiya kengashi a’zosi Muzaffar Komilovning “O‘zbekiston va Misr: ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy aloqalar rivojida yangi davr” nomli maqolasini chop etdi.

Mamlakatimiz vakili mazkur nufuzli xalqaro nashr orqali O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi ko‘p asrlik tarixiy va madaniy aloqalarni atroflicha tahlil qilgan.

Maqolada o‘zaro diplomatik munosabat, iqtisodiy hamkorlik va madaniy aloqalar rivojlanishi jarayoni, xususan Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Abdulfattoh As-Sisiy rahbarligida ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlangan. Savdo-investitsiya sherikligi so‘nggi yillarda faol rivojlanib, tovar ayirboshlash, eksport-import ko‘rsatkichi sezilarli darajada o‘sganiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, davlatimiz yetakchisi tashabbusi bilan qabul qilingan transport-logistika sohasini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, jumladan transport tizimini raqamlashtirish va ekologiya talabiga moslashtirish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berilgan. Ayni tashabbuslar Markaziy Osiyo mamlakatlarini Xitoy, Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa bozorlari bilan bog‘lashda strategik ahamiyatga ega.

Ushbu fikrlar Buyuk ipak yo‘li tarixi va mintaqaviy hamkorlikning o‘ziga xos ahamiyatini ko‘rsatib, O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy aloqalar barqaror tus olib, keng qamrov kasb etganini tasdiqlaydi.

M.Pirmatova, O‘zA