Misr ikki kunlik sulh tuzishni taklif qilmoqda
Misr Arab Respublikasi birinchi navbatda G‘azoda ikki kunlik sulh tuzish taklifini kiritdi. Bu haqda xalqaro arab nashri “Yaqin Sharq” ma’lum qildi.
– Keyin o‘t ochishni to‘liq to‘xtatish bo‘yicha maslahatlashuv bo‘lib o‘tadi, – dedi Prezident Abdulfattoh As-Sisi Qohirada jazoirlik hamkasbi Abdulmajid Tebbun bilan birga tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Shuningdek, rejada bir necha mahbusni ozod qilish qarori ham bor.
– Muvaqqat kelishuvga erishilgach, 10 kun ichida G‘azodagi harbiy harakatni butunlay to‘xtatish masalasi muhokama qilinishi kerak, – deya xulosa qilgan davlat rahbari.