Misr G‘azoga yordam berishga tayyor
Misr Arab Respublikasi G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini jo‘natishga tayyor, deb xabar bermoqda “TASS” axborot agentligi.
– Misr muhim zahiraga ega va har kuni yuzlab yuk mashinalarining G‘azoga kirishini ta’minlashga tayyor, -dedi o‘lkaning Shimoliy Sinay viloyati gubernatori Xolid Mujavir. – Anklav bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlari yaqinida joylashgan ko‘plab yirik omborlarga egalik qiluvchi Misr Qizil yarim oy jamiyati bu sohadagi harakatlarni muvofiqlashtiradi.
M.Pirmatova, O‘zA