French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr G‘azoda mojaroni to‘xtatish bo‘yicha reja taqdim etdi
14:21 / 2023-12-25

Misr Isroil va XAMAS harakatiga G‘azo sektorida urushni to‘xtatish va mojarodan keyin qayta tiklash bo‘yicha uch bosqichdan iborat bo‘lgan taklifni taqdim etdi, deb xabar tarqatdi «Asharq» telekanali xabardor manbalarga tayanib.

Telekanalning ta’kidlashicha, Misr tomonidan taqdim etilgan ushbu uch bosqichli tashabbusning bajarilishi Isroil va Falastin guruhlari o‘rtasida o‘t ochishni  to‘xtashiga olib keladi.  

«Asharq» telekanali ma’lum qilishicha, Misr taklif qilayotgan uch bosqichli rejaning birinchisi  ikki haftalik gumanitar yarashuv bo‘lib, u yana ikki haftaga cho‘zilishi mumkin. Birinchi bosqich davomida XAMAS 40 nafar isroillik asirlar, ayollar, bolalar va keksalarni ozod qilishi kerak. Bunga javoban, Isroil 120 nafar falastinlik mahbusni qo‘yib yuboradi. Yarashuv shuningdek, G‘azo sektoriga oziq-ovqat, tibbiy yordam va yoqilg‘i yetkazib berishni ham nazarda tutadi.  

Tashabbusning ikkinchi bosqichida G‘azo sektorida hukumat shakllantirilishi kerak. U gumanitar yordam, anklavni qayta tiklash va Falastinda prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish  masalalari bilan shug‘ullanadi.  

Oxirgi bosqich o‘t ochishni to‘liq va har tomonlama to‘xtatish hamda Isroilning asirga tushgan barcha askarlarini ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishni ko‘zda tutadi. Ushbu bosqichda Isroil ozod etishi zarur bo‘lgan falastinlik mahbuslar soni ham aniqlab olinadi. Uchinchi bosqich shuningdek, Isroil qo‘shinlarini G‘azo sektoridan  butunlay olib chiqish, qochqinlarga anklavdagi uylariga qaytish imkonini berish masalasi ham qo‘shilgan.