Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr elchisi bilan uchrashuv
14:12 / 2020-12-24

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Misr Arab Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Amira Fahmiyni qabul qildi.

Vazir ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib olib, elchini O‘zbekistonga tayinlangani bilan tabrikladi va mas’uliyatli diplomatik missiyasini bajarishida muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali O‘zbekiston – Misr munosabatlari hamda BMT, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikka doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada faollashtirish istiqboli bo‘yicha, shuningdek turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Muzokarada tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.