Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr BRIKSga qo‘shilmoqchi
11:51 / 2023-06-15

Misr Arab Respublikasi BRIKS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika Respublikasi ittifoqi) tuzilmasiga kirish uchun ariza berdi, dedi Rossiyaning Qohiradagi elchisi Georgiy Borisenko.

“TASS” muxbiri bilan suhbatda diplomat aytishicha, Afrikaning ushbu mamlakati rasmiylari BRIKS tashabbusi – savdoni, “milliymi yoki boshqa valyuta yaratibmi”, imkon darajasida muqobil valyutada amalga oshirishdan Misr ham manfaatdorligini ta’kidlagan.

MARning mazkur uyushmaga kirish istagini ilk bor 2022 yil iyulda xalqaro BRIKS forumi Prezidenti Purnima Anand e’lon qilgan edi.

Joriy yil fevral oyida Borisenko Qohira “guruhning barcha a’zolariga yuborilgan rasmiy maktubda ushbu xohishni bildirgan” va Moskva bu talabni qo‘llab-quvvatlaganini aytgan edi.

Misr, shuningdek, 2015 yil a’zolar tomonidan tashkil etilgan Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishini ham e’lon qilgan.

O‘tgan yil Eron va Argentina qabul qilishni so‘rab, BRIKSga ariza topshirgan, Jazoir esa ittifoqqa qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Iyun oyigacha tashkilotga a’zolik uchun tushgan arizalar soni 13 taga yetgani, jami 20 dan ziyod davlat rasmiy va norasmiy ravishda tuzilmaga a’zolikdan manfaatdorligini ma’lum qilgan.