Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr Arab Respublikasi elchisi bilan uchrashuv
16:24 / 2021-03-02

2021 yil 2 mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rektori Gulchehra Rixsiyeva martabali mehmonga Misr oliy ta’lim muassasalari bilan qisqa fursat davomida hamkorlikda amalga oshirilgan qo‘shma tadbirlar  hamda arabshunoslik sohasida istiqbolda rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. 

Shu bilan birga, elchixona xodimlariga doimiy muloqotda bo‘lgani va tizmili olib borilayotgan hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi

Elchi Amira Fahmi Misr oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani, arabshunoslikni rivojlantirish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorligini izhor etdi.

Uchrashuvda Misr oliy ta’lim muassasalarining arabshunos mutaxassislari bilan o‘zaro tajriba almashish, O‘zbekiston va Misr tarixi, madaniyatini o‘rganish bo‘yicha ishlarni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha fikr almashildi. 

Amira Fahmi TDSHU Arab filologiyasi kafedrasi huzurida Misr madaniyat markazini tashkil etish taklifini hamda universitetning Misr oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash yo‘lidagi tadbirlar qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. 

Shundan so‘ng elchi TDSHUda tashkil etilgan “Misr oyligi” loyihasi doirasida arabshunos talabalar o‘rtasida arab yozuvi xattotligi, arab tili bo‘yicha notiqlik san’ati, “Misrni bilasizmi?” viktorinasi hamda talabalarning badiiy chiqishlari bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etdi. Tanlovlarda arab tili, Arab mamlakatlari tarixi, iqtisodiyoti va siyosatini o‘rganuvchi talabalar, litsey o‘quvchilari qatnashdi. 

G‘oliblar Misr Arab Respublikasi elchixonasi tomonidan taqdirlandi. 

 

 

Elyor Mahmudov,

TDSHU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori