Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Misr Arab Respublikasi bilan aloqalarni kuchaytirish har ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladi
11:34 / 2023-02-22

Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlis kun tartibida bir qator qonun loyihalari va boshqa masalalarni ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.

Majlis avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasiga tashrifi yakunlari xususida to‘xtaldi.  

– O‘zbekistonning Misr Arab Respublikasi bilan tarixiy aloqalari mavjud. Bundan tashqari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlik aloqalarimiz ham rivojlanib bormoqda. Misr Arab Respublikasi O‘zbekistonni Afrika davlatlari bilan bog‘laydigan darvoza hisoblanadi. Misr bilan ko‘p masalalarda o‘xshashliklarimiz bor. Misr Arab Respublikasi bilan har tomonlama aloqalarni yanada kuchaytirish har ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladi. Jumladan, Misr bilan parlamentlararo hamkorlik borasida milliy parlamentimizning vakolatlari doirasida ishlarni amalga oshirishimiz lozim, – dedi Spiker.  

 

M.Komilova,  

O‘zA