“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi boshlandi
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan respublika miqyosida iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining 2026 yilgi mavsumiga rasman start berildi.
Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.
Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 15 fevral kuniga qadar vorislar.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishi mumkin.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA