Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” o‘quv tayyorlov kurslari tashkil etiladi
10:00 / 2023-05-22

O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi “mirzo ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, respublika davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichida (barcha ta’lim shakli bo‘yicha) 2-kursni muvaffaqiyatli (akademik qarzdorligi bo‘lmagan) tamomlagan talabalarning raqamli texnologiyalar sohasida malakasini oshirish maqsadida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslari tashkil etiladi.

O‘quv kurslarining asosiy vazifasi: 

Ilg‘or xorijiy tajriba va milliy ta’lim standartlari talablariga javob bera oladigan matematik statistika va dasturiy ta’minot asosida ma’lumotlarni qayta ishlash va ular asosida takliflarni ishlab chiqish qobiliyatiga ega kadrlarni tayyorlash;

Raqamli texnologik yechimlar orqali amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash; 

Iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishlarda resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlarini tahlil qilish, ma’lumotlarni qayta ishlashda raqamli yechimlardan foydalanish bo‘yicha boshlang‘ich darajadagi mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.

 kurslarda o‘qish “mirzo ulug‘bek vorislari” tayyorlov o‘quv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish va ularni o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Birinchi o‘quv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul kilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi. 

Ta’lim olish 34 hafta muddat davomida “blended learning - aralash ta’lim texnologiyasi” asosidagi o‘quv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

O‘zA