Poytaxtimizda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va qator mas’ul tashkilotlar hamkorligida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, yurtimizda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2022 yildan buyon har yili “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi o‘tkazib kelinadi.

Mazkur tanlovning joriy yilgisida 280 nafar iqtidorli yoshlar o‘zlarining texnika, axborot texnologiyalari, kimyo texnologiyalari, arxitektura va qurilish, tibbiyot, tibbiyotda axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, farmatsevtika, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlanmalari va innovatsion g‘oyalari bilan qatnashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, FVV O‘MTOYXTTEB “LUOK” MCHJ “Buxoro viloyatidagi ob’ektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi profilaktika va nazorat bo‘linmasi” katta inspektori leytenant Sherali Mustaqimov ham tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ya’ni Sh.Mustaqimovning "Yig‘ma temir konstruksiyali yangi yil archasida sodir bo‘ladigan yong‘inlarni bartaraf etishda o‘z-o‘zini o‘chirish tizimi" mavzusidagi ishi munosib e’tirof etildi.

Tanlov so‘ngida g‘oliblar pul mukofoti, sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA