Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa va Shayxontohur tumanlarining ayrim joylarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
17:02 / 2023-06-08

Toshkent shahri iste’molchilariga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini ta’minlash borasida ishlar olib borilmoqda.

Bu jarayonda elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish hamda ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish yanada  muhim.  

Shu sababli,  bugun, 8 iyun kuni quyidagi manzillarda soat 16:00dan 18:00 gacha elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi:

Uchtepa tumanining “Sharq yulduzi” mahallasi Durbek, Durbek 4-tor hamda Lochin ko‘chalari hududida;

Shayxontohur tumanining Bog‘ ko‘cha, Shayxontohur, Labzak, S.Xo‘jayev, Arxitektorlar va X.Asomov ko‘chalari hududida;  

Mirzo Ulug‘bek tumanining Parkent, Oltintepa va Bo‘z mahallalari hududlari shular jumlasidandir.  

Mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz,  deyiladi Energetika vazirligi matbuot xizmati xabarida.  

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA