Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi
13:01 / 2025-04-22

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu tumandagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasi 24/7 ko‘chaga aylanmoqda. Ko‘chaning infratuzilmasi o‘zgarib, aholi, yo‘lovchilarga va albatta shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskanga aylanmoqda.

Shu munosabat bilan 24 aprel soat 7:00 dan boshlab, 30 mayga qadar “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Yahyo G‘ulomov ko‘chasi bilan kesishmasidan, Shahrisabz ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopiladi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA