English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi
15:31 / 2024-10-18

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining infratuzilmasi o‘zgarib, shaharsozlik normalariga to‘la mos tushadigan maskanga aylanmoqda.

Shu munosabat bilan bugun, 18 oktyabr soat 14:00dan boshlab, 20 dekabr sanasiga qadar, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishmasidan, “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining Istiqlol ko‘chasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopildi.

Sh. Mamaturopova, O‘zA