Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov: Bu yoki davlat siyosatiga qarshi qilinayotgan ish, yoki saylovlarning obro‘sini tushirishga harakat, deb o‘ylayman
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug‘bek Abdusalomov viloyat saylov komissiyalari a’zolariga ish haqi va kompensatsiya to‘lovlari haligacha berilmagani haqida gapirdi:
– Viloyat saylov komissiyalarining a’zolariga ish haqi va kompensatsiya to‘lovlari masalasida hozirgacha shikoyatlar kelib tushyapti. Bu masalani hal qilgan edik. Saylovga 10 kun qolganida barcha hududlarga yetarli miqdorda mablag‘larni ajratgan edik. Joylarda buni ijro qiladigan mutasaddilar, moliya xodimlarimi, boshqalarmi to‘sqinlik qilishdi bunga. Qanday qilib shu kungacha kompensatsiya mablag‘larini olmasliklari mumkin. Bu hol birinchi marta bo‘lyapti. Bu yoki davlat siyosatiga qarshi qilinayotgan ish, yoki saylovlarning obro‘sini tushirishga harakat, deb o‘ylayman. Barcha viloyat mutasaddilari bu masalani oxiriga yetkazishi lozim. Yil oxirida qolib ketgan mablag‘larni Moliya vazirligi olib qo‘ydi. Qonun bo‘yicha shunaqa bo‘lishi kerak. Ungacha bu mablag‘larni tarqatib bo‘lish kerak edi. Nega ushlab o‘tirishdi bu mablag‘larni? Kimdir uning foydasini oldimi? Yoki aylantirdimi? Bu saylovning obro‘sini tushirishga qaratilgan ish bo‘ldi. Viloyat saylov komissiyalari raislari bu masalani zudlik bilan hal qilishi kerak.