Mirzayeva Feruza Djumayevnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Tarkibida kobalt va nikel bo‘lgan yangi avlod ftalotsianin birikmalarini sintez qilish hamda ular asosida pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida
Mirzayeva Feruza Djumayevnaning 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Tarkibida kobalt va nikel bo‘lgan yangi avlod ftalotsianin birikmalarini sintez qilish hamda ular asosida pigmentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 29-dekabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi, 43-uy. Termiz davlat universiteti.
Tel.: (76) 221-74-55; Faks: (76) 221-71-17
e-mail: termizdu@umail.uz