English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzaobodda murakkab jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi
15:33 / 2023-06-23

Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Tinchlik” mahallasida istiqomat qilayotgan, Farog‘atxon Dushaboyeva qon bosimi, o‘ng buyrakdagi og‘riq, yuqori harorat, umumiy holsizlikdan shikoyat qilib tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mutaxassislar tekshiruvi natijasida bemorda peshob nayi torayishi bilan bog‘liq muammo borligi, bu esa tana haroratini ko‘tarilishiga, holsizlik va kuchli og‘riqlarni kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi aniqlandi. Natijada jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.  

Mirzaobod tumani tibbiyot birlashmasi shifokorlari jarrohlik amaliyotini bajardi. Bundan nafaqat Farog‘at, uning farzandlari va yaqinlari ham birdek xursand bo‘ldi. Jarrohlik amaliyoti, dori-darmon uchun ketadigan xarajat Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplab berildi.  

Eng muhimi, endilikda Mirzaobodda ham bu kabi jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yildi. Shu vaqtga qadar tuman aholisi bu turdagi amaliyotlar uchun Guliston shahridagi viloyat davolash profilaktika muassasalariga murojaat qilgan bo‘lsa, endi bunga hojat qolmadi.  

 

Sh.Suyarov, O‘zA.