French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzaobodda ma’rifiy suhbat o‘tkazildi
19:14 / 2025-11-28

Toshkent harbiy okrugiga qarashli Mirzaobod tumanidagi safarbarlik chaqiruvi rezervi batalionida “Konstitutsiyani o‘rganamiz, Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusida ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda harbiy qism komandiri, ofitserlar, yosh harbiy xizmatchilar hamda Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va Mirzaobod tumani Adliya bo‘limi mas’ullari ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar Bosh qomusimizning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, uning asosiy prinsiplari va ustuvor maqsadlariga to‘xtalib, Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklarini mustahkam himoya qilishini, fuqarolar manfaatlarini kafolatlashini alohida ta’kidladilar. Shu bilan birga, adolatli jamiyatni barpo etishda Konstitutsiyaning bosh mezon sifatidagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

Qatnashchilar Konstitutsiyaning har bir moddasi davlat boshqaruvida ochiqlik va mas’uliyatni ta’minlashda, jamiyat taraqqiyotini mustahkamlashda beqiyos ahamiyat kasb etishini ham qayd etishdi.

Muloqot davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, savol-javoblar orqali Konstitutsiyaning hayotdagi amaliy ahamiyati haqida yanada to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Tadbir yakunida ularga Konstitutsiya va huquqiy bilimlarga bag‘ishlangan ma’rifiy materiallar topshirildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri