Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzaobodda ikkita oilaviy shifokorlik punkti qayta foydalanishga topshirildi
13:45 / 2022-09-03

Prezidentimiz joriy yil 18 mart kuni sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan ochiq muloqotida chekka, olis hududlarda joylashgan, ammo faoliyat yuritmayotgan birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, birlamchi tibbiy sanitariya yordamini aholiga yanada yaqinlashtirish bo‘yicha tegishli soha vakillariga muhim topshiriq bergan edi.

Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi T.Axmedov hamda “Oydin” mahallasida joylashgan, ammo faoliyati tugatilgan qishloq vrachlik punktlari “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilib, ta’mirlandi va O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yillik shodiyona kunlarida foydalanishga topshirildi.

Endi mazkur muassasa qishloq vrachlik punkti tarzida emas, oilaviy shifokorlik punkti shaklida faoliyat ko‘rsatib, T.Axmedov mahallasida istiqomat qilayotgan 4 ming 369 nafar, “Oydin” mahallasida yashovchi 3 ming 187 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsata boshlaydi.

Eng muhimi, T.Ahmedov mahallasidagi oilaviy shifokorlik punktini mukammal ta’mirlash va jihozlash ishlariga 499 million 200 ming so‘m, “Oydin”dagi oila shifokorlik punktiga esa 249 million  so‘m miqdorida mahalliy byudjet mablag‘i sarflanib, barcha yumushlarni Sirdaryo viloyatidagi  “Usta-Ali-Hamkor” hamda "Sirdaryo Argument servis" xususiy korxonalari quruvchilari amalga oshirdi.

– Aholiga qator qulayliklar yaratildi, – deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori O‘ktam Amonboyev. – Birinchidan, aholi ortiqcha vaqt va mablag‘ yo‘qotib o‘z yashash hududlaridan 6-7 chaqirim uzoqlikdagi oila shifokorlik punktiga bormay, barcha zarur tibbiy yordamni o‘z hududidagi oilaviy shifokorlik punktidan olsa, ikkinchidan mazkur aholi punktiga biriktirilgan shifokor va patronaj hamshiralar uzoq manzildan emas, aholiga yaqin manzilda xizmat ko‘rsata boshlaydi.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA