Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi “Asr” tantanalar majmuasida hokimlik va Buxoro innovatsiyalar universiteti Guliston filali hamkorligida 15 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Tadbir quvonch va samimiyat ruhi bilan o‘tdi. Tashabbus doirasida bolalarga maxsus sovg‘alar topshirildi.


Tantanali marosimda tuman hokimligi mas’ullari, Buxoro innovatsiyalar universiteti vakillari, nuroniylar, mahalla faollari hamda bolalarning yaqinlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida bolalarning quvonchi va ota-onalarning minnatdorlik so‘zlari har bir ishtirokchida iliq taassurot qoldirdi.


So‘zga chiqqan tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sirojiddin Kenjayev mamlakatimizda yoshlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bunday xayrli tadbirlar nafaqat oilalarga moddiy ko‘mak, balki ma’naviy ruhiy quvvat ham beradi.
– Bugun farzandim va u qatori boshqa bolalarning sunnat to‘yi juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Barcha tashkilotchilarga samimiy tashakkurimni bildiraman, – deydi tadbir ishtirokchisi Gulbahor Bozorboyeva.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri