Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzaobodda 12 bolaning xatna to‘yi o‘tkazildi
14:56 / 2022-08-29

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani sektor rahbarlari tashabbusi va homiylar ko‘magida tumanning 4-sektor hududiga qarashli M.Ulug‘bek mahallasida yashovchi 10 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning 12 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.

Mehnat faxriylari, faollar, keng jamoatchilik vakillari, to‘y bolalarning ota-onalari, qarindosh-urug‘lari, do‘stlari ishtirokida o‘tkazilgan to‘y tantanasi yig‘ilganlarga ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Bolalarning har biriga kiyim-kechaklar, velosiped va boshqa sovg‘alar berildi.

– Bugun juda hayajonli, esda qolarli kun bo‘ldi, – deydi M.Ulug‘bek mahallasi “Pillakor” ko‘chasida yashovchi Muhayyo Noriyeva. – To‘rt nafar farzandim bor. Ayollar daftari ro‘yxatida turaman. bugungi shodiyonada ikki nafar farzandim – Javlon va Javohirning ham sunnat to‘ylari o‘tkazilyapti. Doimiy ko‘mak va bunday tadbirlar uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

"Navbahor" tantanalar saroyida bo‘lib o‘tgan to‘y har bir bolaga quvonch ulashdi.

 

Shuhrat Suyarov, O‘zA