O‘zbekiston mevalari, poliz va sabzavot mahsulotlari dunyoning turli davlatlariga yetib bormoqda.
“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga berilayotgan soliq imtiyozlari eksportga keng yo‘l ochmoqda. Jumladan, viloyat 4-sektor hududiga qarashli Mirzaobod tumanida yetishtirilayotgan tilimi tilni yoradigan qovunlarining bozori chaqqon. – Bu yilgi pishiqchilik mavsumida xorijlik hamkorlarga 3 ming tonnadan ortiq qovun yetkazib berdik, – deydi “Guliston – Zomin” MCHJ rahbari Shodiyor Naimov.
[gallery-3586]
– Rossiya, Ukraina, Belorus davlatlari bilan mahsulotlar oldi-sotdisi bo‘yicha manfaatli kelishuvlar imzolaganmiz.
Ushbu zamin tuprog‘ida ungan noz-ne’mat borki bari sarxil, ekologik toza, juda totli va ko‘plab foydali xususiyatlarni o‘zida jamlagan. Shuning uchun ushbu mahsulotlarning qadri baland, xaridori ko‘p. Qishloq xo‘jaligi rivojiga qaratilayotgan e’tibor sabab nafaqat bozorlarimiz to‘kinligi ta’minlanmoqda, balki iste’moldan ortiqcha meva-sabzavot va poliz mahsulotlari xorijga sotilayotir. Ayniqsa, bol kabi tabiiy shiraga boy qovunlarga xorijda talab oshmoqda.
Shuxrat Suyarov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA