Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzacho‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
08:32 / 2024-02-21

20 fevral kuni tanqidiy ruhda o‘tgan Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Unda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.

Deputatlar Botirjon Mirzaqulovni Mirzacho‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni bir ovozdan ma’qulladi.

Ma’lumot o‘rnida: Botirjon Mirzaqulov 1970 yilning 23 fevralida tug‘ilgan. U hozirga qadar Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

A.Qayumov, O‘zA muxbiri