Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirzacho‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
17:59 / 2023-03-30

Davlat xavfsizlik xizmatining Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi materiallari asosida viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida Mirzacho‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi faoliyatida qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Xususan, o‘rnatilgan tartib-qoidalarga zid ravishda ortiqcha sinflar shakllantirilishi, ta’til, ish haqi va ustama pullari ortiqcha to‘lanishi, qurilish-ta’mirlash ishlarida qo‘shib yozish, umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi tovar-moddiy boyliklarda kamomadlar mavjudligi va boshqa holatlar natijasida davlatga 1 mlrd. 593 mln. so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Hozirda Mirzacho‘l tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 205 (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zA