Mirsaidova Ra’no Ravshanovnaning veterinariya fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«O‘zbekistonga keltirilayotgan tovuq krosslarining morfofiziologik va immunomoslashuv ko‘rsatkichlarini tadqiq etish» mavzusida
Mirsaidova Ra’no Ravshanovnaning 16.00.03 – Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiya, epizootologiya, mikologiya, mikotoksikologiya va immunologiya ixtisosligi bo‘yicha «O‘zbekistonga keltirilayotgan tovuq krosslarining morfofiziologik va immunomoslashuv ko‘rsatkichlarini tadqiq etish» mavzusidagi veterinariya fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.08/2025.27.12.V.11.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 22-yanvar kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140103, Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 77-uy.
Telefon: +998 (55) 707-76-86
e-mail: ssuv@edu.uz