Mirsaidov Ibroximbek Tolib o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida
Mirsaidov Ibroximbek Tolib o‘g‘lining 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 29-dekabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Chimboy-2, 96-uy.
Tel: 71-246-92-17; faks: 71-246-90-37
e-mail: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz