Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirobodda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni o‘rganildi
12:58 / 2025-11-01

Avval xabar berilganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari aholi turmushini o‘rganish, muammolarni aniqlash va islohotlarning quyi tizimdagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida hududlarda bo‘lib turibdi.

Deputat Gulruh Agzamova Mirobod tumanidagi “Abdulla Avloniy” va “Mirobod” mahallalarida bo‘lib, islohotlarning joylardagi asosiy ijrochisi bo‘lgan “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi, mahalla faollari bilan muloqot qildi.

Uchrashuvda asosiy e’tibor aholi uchun eng dolzarb masala – kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoniga qaratildi. Xususan, ko‘p qavatli uy-joylarning isitish tizimlarini sozlash, ijtimoiy soha ob’ektlarining tayyorgarligi hamda aholini qishda uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash borasidagi ishlar holatini muhokama qilindi.

Shuningdek, deputat va faollar mahalla hududlaridagi obodonlashtirish, sanitariya holati va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ham ko‘zdan kechirdi.

Muloqotlar davomida “deputatlik vertikali”ni mustahkamlash, ya’ni hududdan saylangan mahalliy Kengash deputatining “yettilik” bilan hamkorligini kuchaytirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.  

Aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish va aholi takliflarini yuqori turuvchi idoralarga yetkazish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

M.Komilova,

O‘zA