Mirobod tumani ko‘chalaridan birida avtotransport vositalari harakati cheklanadi
Toshkent shahar Mirobod tumani Abdurauf Fitrat va Sodiqjon Tolipov ko‘chasidagi temir yo‘l kesishmasining yo‘l izida reja asosida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan 14 iyun soat 22:00 dan, 15 iyun soat 06:00 ga qadar, Abdurauf Fitrat ko‘chasining Sodiqjon Tolipov ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Bu haqda “Toshkent MTU” filiali xabar berdi.
O‘zA