Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirmuhsinga xotira lavhi ochildi
16:17 / 2021-10-08

Mamlakatimizda milliy adabiyotni rivojlantirish, uning ravnaqi yo‘lida mehnat qilgan ijodkorlar xotirasini ardoqlash davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, atoqli shoir Mirmuhsin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan adib yashab, ijod qilgan go‘sha – Mirzo Ulug‘bek tumani, 13-uyda xotira lavhi o‘rnatildi.  

8 oktyabr kuni  adib barelefining ochilish marosimi bo‘ldi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov va boshqalar  o‘zbek adabiyoti  namoyandalari, jamoatchilik vakillari, adibning shogirdlari va  oila a’zolari ishtirok etdi.

[gallery-4204]

So‘zga chiqqanlar barakali ijodkor, milliy adabiyotimizning ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Mirmuhsinning o‘zbek she’riyati va nasri rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, insoniy fazilatlari, davlatimiz rahbarining adabiyot ahliga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Adib barelefi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, haykaltarosh O‘rolboy Yaxshilikov tomonidan yaratildi.

 

  N.Usmonova, O‘zA