Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirjalol Qosimov: “Bugun yomon oʻynadik”
20:19 / 2019-02-23

Oʻzbekiston superkubogi-2019 oʻyini yakuniga yetgach, anʼanaga koʻra matbuot anjumani tashkil etildi


Oʻzbekiston superkubogi-2019 oʻyini yakuniga yetgach, anʼanaga koʻra matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanning birinchi qismida AGMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov oʻyin borasidagi fikrlari va jamoaning kelgusi rejalariga toʻxtalib oʻtdi.

“Lokomotiv” jamoasini haqqoniy gʻalaba bilan tabriklayman. Bugungi oʻyindan soʻng meni xavotirga solayotgan jihat, birinchi boʻlimda shogirdlarim umuman oʻynashmadi. Aftidan yigitlar Osiyo Chempionlar ligasidagi magʻlubiyatdan keyin ruhan tiklanib ulgurmadi. Nachora, hayot davom etadi. Bugun bizda superkubokni qoʻlga kiritish uchun yaxshi imkoniyat bor edi. Bu haqda yechinish xonasida yigitlarga ham aytib oʻtdim, shohsupada siz ham boʻlishingiz mumkin edi, deb. Umuman, bugun mavsumdagi eng yomon oʻyinimizni oʻtkazdik. Endi bor eʼtiborimizni Superliga bahslariga qaratamiz.

Jamoamizda faqat Jasur Hasanov oʻynamaydi, futbol jamoaviy oʻyin. Jamoamiz yangi tashkil topgan, yigitlar oʻzaro til topishishi, chiziqlar orasidagi bogʻlamlar ishlashi uchun maʼlum vaqt kerak. Birinchi boʻlimda jamoamiz tomonidan hech qanday harakat boʻlgani yoʻq. Bugungi oʻyindan toʻgʻri xulosa chiqaramiz. Har bir uchrashuv bizga katta maktab vazifasini oʻtaydi.

Jamoani kuchaytirish uchun tarkibga yangi futbolchilar jalb etiladimi? Menimcha, buning imkoni yoʻq, chunki chempionat startigacha juda kam vaqt qoldi, yaxshi saviyadagi futbolchilar esa u yoki bu jamoa bilan shartnomaga ega. Soʻnggi magʻlubiyatlar jamoani chempionatga yanada jiddiy tayyorlanishiga yordam beradi, - dedi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida.