Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mirishkorlik pillakorlar birinchilardan bo‘lib pilla rejasini bajardi
15:57 / 2024-05-27

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab bahorgi pilla yetishtirish mavsumi qizg‘in davom etmoqda. Ana shunday sermahsul kunlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani pillakorlari yurtimizda birinchilardan bo‘lib davlatga pilla sotish shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajardilar.

Tuman pillakorlari fidokorona mehnatlari evaziga joriy mavsumda jami 386 ta kasanachi zvenolar bilan 1 ming 332 quti ipak qurti boqishib, belgilangan davlat rejasidagi 90 tonna pilla hosilini ortig‘i bilan topshirishga erishdilar.  

Shu bilan birga, pillachi kasanachilar yana qo‘shimcha ravishda davlatga kumush tola pilla hosilini topshirishni rejalashtirgan.

Mirishkor tumani pillakorlari kelgusida ham respublikamizning ulkan xirmoniga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib, mehnat g‘alabalari bilan yuksak dovonlardan oshib boraveradilar.  

 

Gulnoza Boboyeva,O‘zA