Miraziz O‘rolov: mardlar qo‘riqlaydi Vatanni! (+video)
"Sharaf" loyihasining bu galgi qahramoni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi o‘qituvchisi, kapitan — O‘rolov Miraziz Mirsodiq o‘g‘li.
Qahramonimiz bugungi kunga qadar ko‘plab yutuqlarga erishishga ulgurgan. Miraziz O‘rolov Universal jang sport turi bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, qo‘l jangi bo‘yicha sport ustasi, alvon beret sohibi.
Shuningdek pedagogik faoliyatida ham yuksak mahoratini namoyon etib 40 dan ortiq tezis, 10 ga yaqin ilmiy maqola va 3 ta o‘quv qo‘llanmalarning muallifi hisoblanadi.
Ilmiy-ijodiy, ta’lim-tarbiya sohasidagi namunali sa’y-harakatlari evaziga xalqaro ilmiy ko‘rik-tanlovi doirasida “Ilm fan iftixori” esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Batafsil:
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/PPUoijjgvFA?si=EgU5zQFj3NdozwCw" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA