Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Miranda qoidasi” va “Xabeas korpus” instituti (+video)
14:31 / 2023-08-13

Xabaringiz bor, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga binoan e’tirof etilishi va kafolatlanishi qayd etildi.

Jumladan, unga inson huquqlari himoyasiga oid qator progressiv kafolatlar kiritilganki, ular zamirida eng asosiy g‘oya, ya’ni inson huquq va erkinliklari ustuvorligi – huquqiy davlatning oliy maqsadi, deb e’tirof etilishi g‘oyasi yotadi. Aynan mana shu yondashuv asosida Konstitutsiyaning yangi tahririda inson huquqlariga oid normalar 3 barobardan ortiqqa oshmoqda. 

“Miranda qoidasi” va “Xabeas korpus” instituti ana shunday yangi kafolatlardandir. “Miranda qoidasi” deyarli barcha rivojlangan davlatlarda amal qiladigan, jinoyat sodir etishda gumon bilan ushlangan shaxs huquqlarining asosiy kafolati hisoblanadi.

Ushbu huquqiy kafolatlar haqida batafsil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati ma’lumot beradi. 

Batafsil: 

<iframe width="887" height="499" src="https://www.youtube.com/embed/RBwqLQwvrlE" title="“Miranda qoidasi” va “Xabeas korpus” instituti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, 

H.Abduvoitov (video), O‘zA