English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Miraki shaharchasida ekoturizm rivojlanmoqda
13:57 / 2022-08-07

Miraki shaharchasi Shahrisabz tumanining eng so‘lim go‘shalaridan biri sanaladi.

Xushmanzara tabiati bilan mashhur bu hududda har yili yoz faslida minglab sayyohlar dam olib, madaniy hordiq chiqaradi. 

Bu yerda turizm salohiyatini yuksaltirish, sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida zamonaviy uy mehmonxonalari barpo etilib, ekoturizm loyihalari amalga oshirilmoqda. Hududda ekoturizmni rivojlantirish uchun kanalizatsiya quvurlari tortish, elektr energiya sifatini oshirish, yo‘llarga asfalt qoplamalari yotqizish ishlari bajarilmoqda. 

[gallery-8196]

Ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik qilish niyatidagi ishbilarmonlar hududda ko‘p. “Umirov Chakil” xususiy korxonasining 28 o‘rinli zamonaviy uy mehmonxonasi ham tashabbuskor tadbirkor tomonidan barpo etildi.

–Miraki shaharchasi  tog‘ yon bag‘rida joylashganligi sababli yoz oylarida bu yerga juda ko‘plab dam oluvchi tashrif buyuradi, - deydi “Umirov Chakil” xususiy korxonasi rahbari Sirojiddin Umirov. –5 milliard so‘m investitsiya hisobidan 28 o‘rinli uy mehmonxona va 80 o‘rinli umumiy ovqatlanish shoxobchasini barpo etdik. Shuningdek, sauna, basseyn va ochiq havoda dam olish maskanlari mehmonlar xizmatida. 

–Shaharchaga yil davomida 500 ming sayyoh va dam oluvchi tashrif buyuradi,  - deydi tuman hokimining investitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Abdulxairov. – Bu ko‘rsatkichni 1 millionga yetkazish uchun infrastruktura bilan bog‘liq muammolar yechilib, xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanmoqda.  Qashqadaryo turizmni rivojlantirish jamg‘armasidan Miraki shaharchasi infrastrukturasini rivojlantirish maqsadida mablag‘lar ajratilmoqda. Tadbirkorlar tomonidan hududning xushmanzara joylarida yengil konstruksiyali ekoturizm zonalari tashkil etilib, kempinglar va dam olish chodirlari quriladi.

Jamshid NORQOBILOV (surat),O‘zA